Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi
3-sahifa
−
25 iyul
6210Bugun, 25 iyul kuni Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida 19 yoshdagi haydovchi va 18 yoshli yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchilar 2006 yilda tug‘ilgan A.I., 2005 yilda tug‘ilgan Z.I., 2005 yilda tug‘ilgan D.K.lar turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi