Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
18 Noyabr 2024 4576 1 daqiqa
Bugun, 18 noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
"Soat 14:06 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Abdulla Qahhor” MFY, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:21 da qurshab olingan va soat 14:24 da o‘chirilgan.
Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida erkak yotoq joyida tamaki mahsulotini chekishi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘lgandi.
Muhammad Hodiyev
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr