Toshkentda ko‘cha bezorilaridan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi
Jamiyat
−
27 yanvar 2021 11909 1 daqiqa
Toshkent shahrida 2021 yilning boshidan buyon fuqarolarda sovuq qurol va boshqa buyumlar topilishi bilan bog‘liq 655 ta fakt aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar davomida 567 ta pichoq, 3 ta bolta, 11 ta “kastet”, 34 ta “bita” va boshqa buyumlar topilgan.
Fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1852-moddasi (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bo‘yicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, o‘quv dargohlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida o‘quvchilardan 25 ta pichoq, 7 ta “kastet” va boshqa xavfli buyumlar topilgani ma’lum qilindi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr