Termizda bir guruh bezorilar qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
13 aprel 4988 1 daqiqa
Termiz shahrida bezorilik harakatlarini sodir etgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Termiz shahri “Chegara” mahallasidagi sport majmuasida muqaddam Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan 1990, 1999, 2002, 2003, 2004, 1998 va 2005 yillarda tug‘ilgan yigitlar bir guruh bo‘lib, o‘tkir tig‘li jismlar bilan qurollangan holda jinoiy harakatlar sodir etgan.
Ularning bu harakatlari huquq-tartibot xodimlari tomonidan aniqlanib, barcha huquqbuzarlar ushlangan. Ularga nisbatan sud tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Xabar berilishicha, 2026 yil 1 aprel kuni yana shunga o‘xshash holat Termiz shahri “Nurli kelajak” mahallasida qayd etilgan. Jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga xabar bergan. Unda muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan 1998, 2004, 2002 yillarda tug‘ilgan jami 10 ga yaqin shaxslar suhbati tortishuvga aylangani, keyin esa janjal pichoq va o‘tkir tig‘li jismlar aralashuvi bilan yakunlangani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi (umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘ta ketgan behayolik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 mart kuni Andijonda ham ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullanganlar ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi