Toshkentda kotlovan qazilayotganda yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi
3-sahifa
−
14 Sentabr
4655Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumani Novza ko‘chasidagi yangi qurilishi reja qilingan Novza Residence ko‘p qavatli turar joy majmuasi kotlovani sabab yo‘lning bir qismi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan hududda o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu ob’ektdagi qurilish ishlari “Runa International Trading INC” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Vazirlikka ko‘ra, pastki qavatlari savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasidan iborat ko‘p kvartirali turarjoy ob’ektida qurilish-montaj ishlari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror talablariga zid ravishda, ya’ni inspeksiyadan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabardor qilish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan holda boshlab yuborilgan.
“O‘rganishlar davomida hudud atrofi profnastil bilan o‘ralib, yer ishlari tegishli qoida va me’yorlarga amal qilinmagan holda olib borilayotgani aniqlangan”, deyilgan vazirlik bergan munosabatda.
Shuningdek, MCHJ rahbariga qurilish-montaj ishlarini to‘xtatishga doir ogohlantirish xati yuborilgan. Hozirda holat nazoratga olingan bo‘lib, qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilinishi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Juma shahrida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgandi.
LiveBarchasi