Toshkentda korrupsiyaga atalgan graffit paydo bo‘ldi (video)

Madaniyat-san’at

image

Toshkentda poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi graffit paydo bo‘ldi. Uni ko‘cha suratlari bilan tanilgan Inkuzart taxallusli rassom chizdi. Surat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yaqinidagi devorga chizilgan.

Poraxo‘rlikka atalgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishni boshlashi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Inkuzart’ni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

“Biz har kuni korrupsiya balosidan tezroq qutilish, yurtimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz. Biroq, korrupsiya illati hanuzgacha yelkamizda og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda.

Bu yukdan qancha tez qutilsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga shuncha tez erishamiz. Buning uchun nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, balki aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etishlari, ko‘maklashishlari kerak.

Agentlik mazkur graffiti muallifi inkuzart’ning ijodiy g‘oyasini va shu kabi korrupsiyaga nisbatan murosasizlikka qaratilgan kreativ yondashuvlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi”, degan Burhonov.

Qayd etish kerakki, rassomning bir nechta ko‘cha suratlari hokimliklar tomonidan o‘chirtirib tashlangandi. Bular qatoriga taniqli olim Albert Eynshteynga atalgan portret, Uzauto Motors monopoliyasi va benzin narxi oshib ketishiga bag‘ishlangan graffitlarni kiritish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya graffit

Baholaganlar

386

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing