Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2100 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Toshkentda 35 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
 
Poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib,  o‘z uyiga kuzatildi.

Ma’lum qilinishicha, tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Farg‘ona viloyatidan 6 nafar, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. 

Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2097 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘ylab esa ushbu ko‘rsatkich 4166 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing