Toshkentda korxona bir oy 3,5 ming xonadonni ta’minlashga yetadigan gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

Jamiyat

image
Toshkentda 571,3 mlnlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi north_east

Toshkentda 571,3 mlnlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Joriy yilning 7 dekabr kuni Toshkent viloyatida joylashgan “MEGA BLOCK INVESTMENT” MCHJga qarashli gazoblok ishlab chiqarish korxonasi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur jamiyat “Hududgaz Toshkent” MCHJ tomonidan 2019 yil 2 dekabrda berilgan 0332-sonli texnik shartga ko‘ra qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berilishi kafolatlanmagan iste’molchilar toifasiga kiradi.

Xabarda keltirilishicha, 135 million so‘m debitor qarzdorligi bo‘lgan korxonada 313 ta nostandart gaz yondirgich bilan jihozlangan 3 ta xumdonda ohak mahsuloti tayyorlanayotganligi aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 3 mlrd 189 mln 417 ming so‘m (3 mln 189,5 ming kub metr) zarar yetkazilgani aniqlangan va hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish uchun birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 3 189,5 ming metr kub tabiiy gaz bilan o‘rtacha 3 500 dan ziyod hovli uylarning bir oylik ehtiyojini qondirish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

331

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing