Toshkentda kollej direktori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
7886Toshkentda kollej direktori o‘rinbosari 400 AQSH dollari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent Radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji direktorining o‘rinbosari M.T. fuqaro R.M.ning o‘qishini ushbu kollejning 3-bosqichiga yuqori tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali qayta tiklab berish hamda unga kollejni bitirganligi to‘g‘risidagi diplomni olishda yordam berish evaziga 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi