Toshkentda xonadonida nasha yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida xonadonida nasha yetishtirib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida 6 tup nasha giyohvandlik vositasini yetishtirib, parvarishlab kelgani aniqlangan. Bundan tashqari, alohida joy hozirlanib, giyohvandlik vositalarining o‘sishiga sharoit yaratilgan.

Shuningdek, yana bir holatda o‘z xonadonida 21 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirib kelayotgan shaxs ushlangan. Uning xonadonidan 1 kilogrammga yaqin quritish uchun olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari topilgan.

“Olingan barcha daliliy ashyolar o‘rnatilgan tartibda ekspertizaga topshiriladi va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

nasha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing