Toshkentda uyida 13 kg afyun saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida uyida 13 kilogramm afyun va 7 kilogrammdan ortiq nasha saqlagan 58 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1968 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaroning Toshkent shahridagi vaqtincha yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 13 kg 50 gr “opiy” va 7 kg 137 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur shaxsga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklari hamda narkotik moddalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa virtual narkokanal tashkil qilgan 1991 va 2000 yilda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ushlanib, ulardan “gashish” va “gashish moyi” olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslarning biri Jinoyat Kodeksining qator moddalari bilan muqaddam sudlangan, ikkinchisi esa joriy yilning aprel oyida giyohvandlik vositalari bilan ushlanib, hozirda gumondor sifatida tergovga jalb etilgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amudaryo orqali 2 kg 32 gr narkotik moddani dronda O‘zbekistonga olib o‘tishga urinish to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing