Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
01 Oktabr
2848Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashash xonadonida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 sentyabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Oqmachit mahallasida yashovchi shaxsning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. 1962 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs yashash xonadonining omborxonasida quritib qo‘yilgan 2 tup 10 kg kannabis giyohvandlik o‘simligi, 13 ta bankada 13 kg, 3 ta korobkada 12 kg 200 gr, 2 qopda 2 kg, qora sellofan paketda 700 gr hamda bir nechta qog‘oz bo‘lagida 200 gr, jami 38 kg 100 gr marixuana giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, olingan giyohvandlik vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi bilan (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlangandi.