Toshkentda keliniga shilqimlik qilgan qaynota qamaldi
3-sahifa
−
15 noyabr
11984Toshkent shahrida keliniga shilqimlik qilgan qaynota 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 10 noyabr kuni qaynota uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, keliniga shahvoniy shilqimlik qilib, nojo‘ya va uyatsiz so‘zlar aytgan. Shundan so‘ng kelin holat yuzasidan Ichki ishlar xodimlariga murojaat qilgan.
Qaynota sud majlisida aybiga qisman iqror bo‘lgan va suddan adolatli qaror chiqarishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan huquqbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1 moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 5 sutka qamoq jazosi va BHMning bir barobari ya’ni 375 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida qaynota eletroskuterni boshqarib borayotgan kelinining yonida o‘tirib, unga shahvoniy shilqimlik qilgandi. Holat yuzasidan erkak sudda aybiga iqrorlik bildirmasdan, O‘rtayop qishlog‘iga bozorga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun elektroskuterni boshqarib borayotgan kelinining yonida o‘tirib ketgani, shu vaqtda spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani uchun nima qilganini eslay olmasligini, shahvoniy shilqimlik qilmagani, ishni qonuniy hal qilishni so‘rab, tushuntirish bergan. Sud qaroriga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga shu moddaning 1-qismiga asosan, 4 sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlangandi.