Toshkentda kasalning oldidan “gashish” topildi
3-sahifa
−
08:06 4467 1 daqiqa
Toshkent viloyati va poytaxtda 6 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik vositasi ushlab qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasidan Sirdaryo daryosi orqali O‘zbekiston hududiga davlat chegarasini buzgan holda suzib o‘tgan — Bekobod shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olinib, uning yonida bo‘lgan 5 kg 31 gr “gashish” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Boshqa holatda esa DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona idoralari hamkorligida poytaxtda faoliyat yurituvchi xususiy tibbiy klinikalardan birining xonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mazkur shifoxonada davolanayotgan 1970 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli 1 kg 367 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi