Toshkentda kaltaklangan fuqarolar qasdini olish uchun mebel do‘koniga o‘t qo‘yib yubordi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqaro o‘zini kaltaklaganlarning mebel do‘konini yoqib yuborib, qasdini oldi. Natijada 600 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 14 fevral kuni soat 19:00 larda Chilonzor tumani Guliston mavzesi TXAY ko‘chasida “gumma” sotuvchi Yodgor A., gumma sotish uchun mo‘ljallangan stolini yig‘ishtirib, aravaga ortayotgan vaqtida, unga ilgari tan jarohati yetkazib, haqorat qilgan Saidjon S., Javohir T., bilan Lacetti rusumli avtomashinasida kelib, Yodgor A.ni to‘xtatishgan vaqtida, u ushbu avtomashinani old va ikki old eshiklari oynalarini aravada bo‘lgan stol oyog‘i bilan urib sindirib, ushbu stol oyog‘i bilan Saidjon S.ga ham tan jarohati yetkazgan. Ushbu janjalga Yodgor A.ning qarindoshi Bahodir K. ham qo‘shilib, qo‘lidagi temir quvur (truba) bilan Saidjon S.ga tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjaldan so‘ng, 15 fevral kuni soat 04:50 da, Saidjon S. va Javohir T. qasd olish maqsadida, Bahodir K.ga tegishli ukasi Komil K.ning nomida bo‘lgan Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni hududidagi “Halima hoji ona” mebellar do‘koniga qasddan o‘t qo‘yib, jami 500 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Natijada, ushbu mebellar do‘koniga tutashgan “Grant Builder” MCHJning sotuv markazi binosining bir qismiga ham yong‘in o‘tib, 100 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Saidjon S., va Javohir T.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Saidjon S. va Javoxir T. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Yodgor A. va Bahodir K.ga nisbatan esa Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 277-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yodgor A. va Bahodir K. ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

851

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing