Toshkentda kalamushlar nega ko‘paydi? (video)
Jamiyat
−
10 iyul
17125Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor” metro bekati yaqinida kalamushlarning yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videodagi holat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, holatning kelib chiqishiga fuqarolar tomonidan chiqindilarni maxsus joylarga tashlamaslik sabab bo‘lgan. Buning oqibatida zararkunandalar ko‘payishi davom etmoqda.
Bildirilishicha, hududda dezinfektorlar tomonidan deratizatsiya (kemiruvchilarga qarshi zararsizlantirish) hamda dezinseksiya ishlari amalga oshirilgan.
“Shahar shoh ko‘chalarini dezinfeksiya qilish, shuningdek, irrigatsiya tarmoqlarida tozalash, chiqindilarni vaqtida olib ketish ishlari tuman Obodonlashtirish bo‘limlari tomonidan olib borilishi lozim. Xususan, ko‘p qavatli uylar va tadbirkorlik shoxobchalarini zararsizlantirish ishlari dezinfeksiya tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.