Toshkentda qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
10 Oktabr 2023
13740Toshkent shahrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi qotillikda ayblangan 42 yoshli N.P.ga nisbatan hukm chiqardi. U avval qo‘shnisi bilan jinsiy aloqada bo‘lgan, so‘ngra uni pichoqlab o‘ldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, N.P (ayol) va D.T (erkak) ayol katta miqdordagi spirtli ichimliklarni sotib olgan. Ular o‘z “biznes”lari – metall sotishdan tushgan daromadni “yuvish” uchun bo‘kib ichgan. Shundan so‘ng, ular mast holatda jinsiy aloqa qilishgan. Ertasi kuni ham bu ishlarini davom ettirgan.
Shundan so‘ng, sudlanuvchi N.P. sherigi D.T.ga OITS tashxisi qo‘yilganini eslab qolgan va uni o‘ldirish qasdiga tushgan. Shu maqsadda, mast holatida uyidan pichoq olib chiqib, D.T.ning uyiga borgan. Uyda erkak ayolga endi u ham OITS yuqtirganini aytib, uning jahlini chiqargan. Shundan so‘ng, ayol erkakning yuragi va ko‘krak qismiga pichoq urgan, oqibatda erkak voqea joyida vafot etgan.
Sud majlisida N.P. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini aytdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro N.P. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, ayolning jazoni o‘tash joyida alkogolizmdan majburiy davolanishi belgilangan.
Avvalroq, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisini o‘ldirib, yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi