Toshkentda quruvchini tuproq bosib qoldi

3-sahifa

image

Kecha, 24 may kuni Toshkentda bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qoldi.  Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 17:05 da Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” MFY hududida sodir bo‘lgan. Payvandlash ishlari paytida quruvchilardan biri tuproq qatlami ostida qolgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.

“Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Xonobod shahrida qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tuproq quruvchi payvandlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing