Endi uy olmoqçi bölganlar pullarini töğridan töğri quruvçiga bermaydi

Jamiyat

−

image

Endi Özbekistonda uy olmoqçi bölganlar pullarini töğridan töğri quruvçiga tölamaydi. Bu haqda bugun, 10 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan körib çiqilgan “Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk ob’ektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.

Uşbu hujjat bilan köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk ob’ektlarini uluş kiritiş asosida quriş sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda. Unda uluşli quriliş munosabatlari iştirokçilarining, davlat organlarining huquq va majburiyatlari, vakolatlari, özaro munosabatlariga oid qoidalar aniq belgilanyapti.

Qayd etilişiça, Prezidentning 2025 yil 27 yanvardagi Farmoni bilan uluşli qurilişda eskrou tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda. Xususan, 2025 yil 1 iyuldan uluşdorlar mablağlarini eskrou hisobvaraqlari orqali jalb qiliş taraflarning tanloviga köra ixtiyoriy asosda amalga oşirilmoqda. Bu tizim hozirda ham işlab turibdi va fuqarolar uy-joy sotib olişda undan foydalanişi mumkin.

Farmonda 2026 yil 1 yanvardan mablağlarni faqat eskrou hisobvaraqlari orqali jalb qiliş közda tutilgan. Qonun loyihasi bilan fuqarolar mablağlarini himoya qiliş böyiça mustahkam huquqiy kafolatlar yaratilmoqda.

Loyihada fuqarolarning uluşli qurilişga kiritgan mablağlarini kafolatli himoya qilinişi mexanizmlari belgilanmoqda. Jumladan, ularning pul mablağlari töğridan töğri quruvçi ixtiyorida emas, balki banklarda oçiladigan eskrou hisobvaraği orqali saqlanadi. Quriliş belgilangan talablar asosida amalga oşirilib, ob’ekt foydalanişga topşirilganidan söng mablağlar quruvçiga ötkaziladi.

Hujjatda quruvçi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini e’lon qilgan taqdirdagina aholi mablağlarini jalb qiliş huquqiga ega bölişi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, uluşli iştirok etiş şartnomasi notarial tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziladi. Bu bir ob’ektning takroran sotilişi, noqonuniy şartnomalar tuzilişi kabi holatlarning oldini oladi.

Loyihada quruvçi qonun talablariga zid ravişda fuqarolar mablağlarini jalb qilgan taqdirda, uluşdor uşbu mablağlarni qaytarişni va ulardan foydalanilganlik uçun foiz tölanişini talab qiliş huquqiga ega bölişi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida quriliş loyihalarini öz vaqtida yakuniga yetkazişga qaratilgan ta’sirçan mexanizmlar ham nazarda tutilmoqda. Jumladan, zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvçini almaştiriş, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini ta’minlaşga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratilmoqda. Bu esa qurilişning töxtab qolişining oldini oliş va uluşdorlar manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.

Loyihaga köra, uluşli quriliş haqidagi ma’lumotlar Yagona axborot tizimiga joylaştiriladi. Bu orqali fuqarolar quruvçi, quriliş ob’ekti va loyihaning amalga oşirilişi haqidagi muhim ma’lumotlar bilan oçiq va oson tanişiş imkoniga ega böladi. Şu tariqa, bu borada zamonaviy, şaffof va samarali tizim yaratiladi.

Majlisda mas’ul qömita – Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi tomonidan qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida amalga oşirilgan işlar haqida ma’lumot berilgan.

Ta’kidlanişiça, mazkur jarayonda deputatlar bir neça bor joylarga çiqib, qonun loyihasining amaliy ahamiyatini örgangan. Jumladan, qurilişi olib borilayotgan köp kvartirali uylar örganilib, quriliş jarayoni va uluşdorlar bilan işlaş holati joyida körib çiqilgan, uluşdorlar va quruvçilarning fikr-mulohazalari tinglangan. Örganişlar natijasida aniqlangan muammolar loyihani takomillaştirişda asos bölib xizmat qilgan.

Qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaşda uluşdorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilgan. Deputatlar saylovçilar, ommaviy axborot vositalari, quruvçilar va developerlar, bank-moliya tizimi vakillari hamda sohaga daxldor boşqa sub’ektlar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini örgangan. Bildirilgan takliflar va mulohazalar sinçkovlik bilan tahlil qilinib, ularni qonun loyihasida aks ettiriş masalalari körib çiqilgan.

Ilğor xorijiy tajriba tahlil qilinib, bu sohada fuqarolar huquqlarini kafolatlovçi mexanizmlar nazarda tutilmoqda. Amalga oşirilgan işlar natijasida loyiha matni yanada takomillaştirilib, unga qator muhim özgartirişlar kiritilgan.

Jumladan, uluşli iştirok etiş şartnomasi va unga kiritiladigan özgartiriş va qöşimçalar notarial tasdiqlanişi şarti belgilangan. Bu uluşdor bilan norasmiy “qöşimça kelişuv” tuzib, şartnoma şartlarini özgartiriş holatlarining oldini oladi.

Şuningdek, uyni topşiriş muddati buzilganda ob’ektni muammoli deb topiş uçun yana olti oy kutiş talab etilmasligi nazarda tutildi. Quruvçining kamçiliklarni bartaraf etmasdan, faqat tovon tölaş yöli bilan muammoli ob’ektlar reyestridan çiqib ketişiga yöl qöyilmasligi belgilangan.

Tadbirkorlardan qonunda nazarda tutilmagan hujjatlar talab qilinişining oldini oliş maqsadida noaniq bölgan “qöşimça ma’lumotlar” şaklidagi normalar çiqarib taşlandi, 10 dan ortiq havolaki norma böyiça qonunosti hujjatlarini işlab çiqiş muddatlari aniq belgilangan. Ötiş tartibi nazarda tutilib, qonun kuçga kirganidan keyin qurilişiga ruxsatnoma olingan ob’ektlarga nisbatan tatbiq etilişi belgilangan. Bu qonunning işlaşida muammolarning oldini olib, amaldagi qurilişlarning töxtab qolişi xavfini kamaytiradi.

Bundan taşqari, amaldagi qonunçilik hujjatlaridan kelib çiqib, loyihaga yana köplab yuridik va tahririy özgartişlar kiritilgan. Xususan, qonun loyihasidagi tuşunçalar va moddalar qayta tahrirlanib, aniqlaştiruvçi tuzatişlar kiritildi, takrorlanuvçi va mazmunan öxşaş moddalar özaro birlaştirildi. Bu qonun normalarining aniq, tuşunarli va-töğridan-töğri amal qilişini ta’minlaydi.

Majlisda qayd etilişiça, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi fuqarolarning uy-joy qurilişiga kiritgan mablağlarini işonçli huquqiy va moliyaviy mexanizmlar orqali himoya qilişga, bu borada zamonaviy, samarali va şaffof tizim yaratişga, mablağlarni qonunda belgilanmagan usulda jalb qiliş holatlarining oldini olişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilinib, Senatga yuborilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing