Navoiyda oltin dardidagi 3 kishini kon bosib qoldi

3-sahifa

image

Bugun, 7 iyul kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi tog‘ hududiga oltin qazib olish maqsadida borgan 4 nafar fuqarodan 3 nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 04:22 da Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Angidon” MFY Quvray qishlog‘i tog‘ hududida 4 nafar fuqaro noqonuniy oltin qazib olish uchun borgan. Ulardan 3 nafari kon hududidagi noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolib ketgan.

Hodisa yuzasidan tashqarida qolgan bir nafar sherigi zudlik bilan atrofdagilarga hamda Navoiy viloyati FVBga xabar bergan.

Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar tashqarida bo‘lgan sherigi va mahalliy fuqarolar tomonidan chuqurlikdagi 1 nafar fuqaro chiqarib olingan.

FVB qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib kelib, chuqurlikda tuproq ostida qolib ketgan yana 2 nafar fuqaroni qutqarib olgan.

Bildirilishicha, qutqarilgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar tomonidan oltinni noqonuniy qazib olish va qumdan ajratib olish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing