Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Toshkentda qaysi mahsulotlar arzonlashdi?

Jamiyat

image

2025 yilning mart oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi e’lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

Qayd etilishicha, monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko‘rsatgan. Xususan, 7 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, pomidor narxida eng katta o‘sish qayd etilgan. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq. 8 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular – bug‘doy uni, guruch, makaron, oqbosh karam, olma, tovuq go‘shti (file), sut va shakar.

Kartoshkaning minimal narxi 19,8 foiz, sariq piyozniki 10,3 foiz, qizil sabziniki 3,4 foiz, tuxumniki 2,1 foiz, bananniki 0,9 foiz, kungaboqar yog‘iniki 0,6 foiz pasaygan.

Tahlil 2025 yil 6 fevral-13 mart kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Numbeo” portali tomonidan 2025 yil uchun restoran narxlari indeksi bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston dunyodagi 139 mamlakat orasida 17-o‘rinni egallagandi. MDHda O‘zbekiston narxi eng arzon mamlakat bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

oziq-ovqat mahsulotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing