Toshkentda qator avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgartirildi
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
5099Metropolitenning Qo‘yliq yo‘nalishida THAYdan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga harakatlanishda yerosti o‘tish yo‘lagining barpo etilishi munosabati bilan ushbu hududdan o‘tuvchi 15,81,93,45-yo‘nalishlarning harakat chizmasi qurilish ishlari yakunlangunga qadar o‘zgartirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentning Sergeli va Qo‘yliq mavzelariga metroning yerusti yo‘nalishini cho‘zish maqsadida davom etayotgan qurilish ishlari yo‘llarda yo‘lovchi va boshqa transport voitlari harakatida biroz noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.
Qurilish maydonlari yaqinidagi katta yo‘llarda harakatning cheklanishi avtobuslar yo‘nalishini o‘zgartirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, metropolitenning Qo‘yliq yo‘nalishida THAYdan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga harakatlanishda yerosti o‘tish yo‘lagining barpo etilishi munosabati bilan ushbu hududdan o‘tuvchi 15,81,93,45-yo‘nalishlarning harakat chizmasi qurilish ishlari yakunlangunga qadar o‘zgartirildi.
15,81,93- yo‘nalish avtobuslari to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatini THAYdan Bektemir yo‘li va H.Boyqaro ko‘chalari kesishmasi va ko‘prik orqali Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tushib yo‘nalishini davom ettiradi.
45-yo‘nalish avtobuslari ham Qo‘yliqdan qaytishda THAYdan Bektemir yo‘li va H.Boyqaro ko‘chalari kesishmasi va ko‘prik orqali Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tushib yo‘nalishini davom ettiradi.
Avvalroq, Toshkentda ayrim yo‘llar bir muddat yopilishi haqida xabar bergan edik.
Shahnoza To‘ramurotova