“Oryol i Reshka” dagi “No photo, no video” mojarosi. IIV izohi qanday?

Jamiyat

image

“Oryol i Reshka” ko‘rsatuvi vakillari metroga kvadrokopter bilan kirmoqchi bo‘lishgan. Bu haqda Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Oleg Bichenov IIV tadbirida eslab o‘tdi.  

“Metropolitendagi videosyomkalar masalasida ko‘plab muhokamalar va kolliziyalar bo‘ldi. “No photo, no video” voqeasini yaxshi eslasangiz kerak. Ular metropolitenga kvadrokopterlar bilan haqiqiy ishchan kayfiyatda kirib kelishgan. Bizning xodimlar yaxshi muomala bilan “Texnikangizni o‘chiring. Bu bizning yopiq hududimiz uchun xavfsiz emas. Odamlar yurishibdi. Marhamat, keyin s’yomkangizni davom ettiraverasiz” deb aytishgan. Ular xafa bo‘lishgan va orqasiga o‘girilib ketib qolishgan”, – deya holatga izoh berdi Oleg Bichenov. 

Shuningdek, mas’ul shaxs metropolitenda videos’yomkalar tartibi, cheklovlar mavjud emasligiga urg‘u berdi.  

 “Hammasini to‘g‘ri tushunish kerak. S’yomka qilishdan cheklov yo‘q. Faqat maxsus apparatlar bilan aktyorlar guruhi, reklama lavhalari, kliplar olinayotganda albatta metropoliten rahbariyatiga murojaat qilish kerak. Bu odamlarga noqulaylik keltirib chiqarish mumkin. Ular yorug‘ chiroqlarni yoqtirmasligi mumkin. Yiqilib tushishi mumkin. U joy kinomaydoni emas. Bu harakatlanuvchi transport infratuzilmasining joyidir. Umuman olganda metropolitenda hech qanday cheklovlar mavjud emas”, – deya qo‘shimcha qildi IIV vakili.  

Tadbir davomida IIV mansabdor shaxslari tomonidan bir necha masalalarda ma’lumotlar taqdim etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimlari 140 ta temir yo‘l va havo transport infratuzilmasi ob’ektlarida joylashgan 115 ta post va 169 ta yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari metropoliten ob’ektlaridagi 238 ta postda xizmat olib borilayotgani aytildi.  

Metropoliten yo‘llari uzunligi 36,2 kilometrni tashkil etib, bu masofada joylashgan 29 ta bekatlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash ishlari shu bo‘linma xodimlari zimmasiga yuklatilgan. 

 Metropolitenda yo‘lovchilar aylanmasining soni bir kunda tahminan 182.000 tani tashkil etadi, joriy yilning o‘tgan davri davomida metropolitenda 60 mln. ortiq yo‘lovchilar tashilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

IIV Metropoliten Oryol i Reshka Oleg Bichenov

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing