Toshkentda qariyb 46 ming xonadon gazdan uzildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 avgust kuni soat 18:00 atrofida QALAMPIR.UZ’ga Toshkent viloyati Zangiota tumanining aholi yashash qismida gaz uzilishi bilan bog‘liq muammolar haqida murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatda ayni kechki ovqat tayyorlash jarayonida gaz uzib qo‘yilgani, bu bo‘yicha oldindan ogohlantirish berilmagani aytildi. Murojaat asosida tahririyat xodimlari zudlik bilan Energetika vazirligi bilan bog‘lanib, vaziyat haqida axborot berdi. 

Oradan 4 soat o‘tib, “Hududgaz Toshkent” vaziyat haqida axborot berdi. 

Unda qayd etilishicha, 17 avgust kuni Toshkent va Zangiota tumanlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yuqori bosimli diametri 720 mm bo‘lgan yer osti gaz quvuri yaqinida “Trans yo‘l qurilish” DUK korxonasiga qarashli “Belarus” rusumli yekskovator tomonidan yer qazish ishlari olib borilishi davomida gaz quvuriga shikast yetkazilgan va gaz chiqish avariya xolati sodir bo‘lgan.  

Natijada Toshkent tumanidagi 39943 ta va Zangiota tumanidani 6000 ta aholi xonadonlari xamda 1276 ta ulgurji iste’molchilar vaqtincha gaz ta’minotida uzulish bo‘ldi. 

Xabarda ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda “Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi avariya tiklash brigadasi tomonidan gaz quvurida yuzaga kelgan avariya xolati bartaraf etilmoqda. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing