Toshkentda qamoq jazosini hal qilib bermoqchi bo‘lgan advokatning o‘zi qamaldi
Olam
−
09:17 1504 1 daqiqa
Toshkent shahrida advokatlar hay’atining muqaddam sudlangan advokati o‘z tanishlari orqali “qamoq” ehtiyot chorasini hal qilib berish evaziga pora talab qildi. bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hay’atining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.
Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent, Samarqand va Guliston shaharlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 3 advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgandi.
Live
Barchasi