Toshkentda Isuzu va Matiz to‘qnashdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 7 may kuni Toshkentda avtobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

YTH soat 11:15 atrofida sodir bo‘lgan. “12-Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi, saroy raqami 287 bo‘lgan, 130-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi Isuzu rusumli avtobus Nilufar 3-tor ko‘chasi bo‘ylab Nilufar chorrahasi tomon boshqarib kelayotgan vaqtda, mazkur chorrahasida Matiz rusumli yengil avtomobil avtobusni chap tomoniga kelib urilgan. Natijada avtobus muvozanatni yo‘qotib ag‘darilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l transport hodisasi Matiz haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini buzishi natijasida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisiga tan jaroxati yetgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilariga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan tegishli hujjatlvr rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing