Toshkentda issiq suv ta’minoti 2 oy davomida o‘chiriladi
Jamiyat
−
27 avgust 2019
13610Joriy yil 9 sentyabrdan 11 oktyabrga qadar Toshkent shahridagi issiqlik markazlari faoliyatini rejali to‘xtatish rejalashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar 5 kun davomida issiq suv bilan ta’minlanmaydi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi xabar bermoqda.
Issiq suvni o‘chirish jadvali:
“Shimoli-Sharqiy” IM-1 — 23-27 sentyabr
“Qorasuv” IM-2 — 16-20 sentyabr
“G‘arbiy” IM-3 — 9-13 sentyabr
“Shimoliy” IM-4 — 7-11 oktyabr
“Chilonzor” IM-5 — 16-20 sentyabr
“Janubi-G‘arbiy” IM-6 — 16-20 sentyabr
“Aviasozlar” IM-7 — 9-13 sentyabr
“Sergeli” IM-8 — 7-11 oktyabr
“Suvsoz” qozonxonasi— 9-13 sentyabr
“Sanoatenergo” qozonxonasi— 23-27 sentyabr
ToshIEM — 23-27 oktyabr
Issiqlik tarmoqlari sinovi
5 sentyabrdan 11 oktyabrgacha shahar tumanlarida issiq suv ta’minoti uzilmagan holda issiqlik tarmoqlarining mexanik pishiqligi va mustahkamligi (bosim ortishiga) sinovdan o‘tkaziladi.