Toshkentda issiq suv narxi oshadi
Jamiyat
−
25 avgust 4827 1 daqiqa
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini aholi uchun 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa 18,8 foizga oshirish bo‘yicha taklifni ma’qulladi. Bu haqda kengashning joriy yilning 22 avgust kuni qabul qilingan “Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, yangi narxlar quyidagicha bo‘ladi:
- bazaviy tarif QQSsiz – 711 641 so‘m/Gkal;
- aholi uchun QQSsiz – 139 ming 860 so‘m/Gkal;
- yuridik shaxslar uchun – 342 ming 296 so‘m/Gkal;
- byudjet tashkilotlari uchun QQSsiz – 952 ming 797 so‘m/Gkal.
Endilikda ushbu hujjatni shahar hokimi Shavkat Umurzoqov imzolashi kerak. Hujjatda yangi tariflarning joriy etilish muddati ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari narxlari aholi uchun so‘nggi marta o‘tgan yil sentyabr oyida oshirilgan edi. O‘shanda aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining chakana tarifi 121 617 so‘m/Gkal bo‘lgan. Shu bilan birga yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga oshgan –1 Gkal uchun 244 497 so‘mga.
Live
Barchasi