Toshkentda issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi
Jamiyat
−
20 Sentabr
3140Toshkent shahrida issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni qabul qilgan qarorda keltirilgan.
Unga ko‘ra, narxlar 15 foizga oshiriladi. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 121 617 so‘m/Gkal bo‘ladi.
Shu bilan birga yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga oshadi –1 Gkal uchun 244 497 so‘mga.
Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari narxlari aholi uchun so‘nggi marta shu yil aprel oyida, yuridik shaxslar uchun 2023 yil oxirida oshirilgan edi. Issiqlik ta’minoti xizmatlari Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladi. Shahar aholisi bazaviy tarifning 14 foizini to‘laydi, qolgani shahar byudjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.
LiveBarchasi