Toshkentda isitish mavsumi qachondan tugatilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkentda 2020-2021 yilgi isitish mavsumi joriy yilning 7 aprelidan tugatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarorida belgilandi.

“Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash, isitish mavsumi 2021 yil 7 aprel soat 10:00 da yakunlansin”, deyiladi qarorda.

Qarorga muvofiq 7 apreldan poytaxtda markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchilar uchun isitish mavsumi yakunlanib, navbatdagi, 2021-2022 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari begilangan tartibda boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

isitish mavsumi

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing