Toshkentda isitish mavsumi boshlanyapti

Jamiyat

−

image

Bugun, 25 oktyabr kunidan Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, poytaxtda isitish mavsumi boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda – ijtimoiy soha ob’ektlarida (maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida).

Ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma’muriy binolarda.

Qaror bilan, isitish mavsumiga o‘tishni yakunlash, joriy yilning 30 oktyabr kuniga qadar belgilangan.

“Agar Sizning turar-joyingizda issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida muammolar yuzaga kelsa, u holda Toshkent shahar xokimligi qoshidagi Kommunal xizmatlar boshqaruv markazining 1055 qisqa 
va (71) 210-01-87 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deydi hokimlik axborot xizmati.


Maqola muallifi

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing