Toshkentda ishlab chiqarish sexi yondi

Jamiyat

−

image

Bugun, 17 iyul kuni poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ishlab chiqirsh sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 16:19 da Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi 125-uyda joylashgan “Sanoat aloqa” MCHJga qarashli aloqa vositalarini ishlab chiqarish sexining 2-qavatidagi omborxonasida yuz bergan. 

Jangovar bo‘linmalarining harakati natijasida soat 16:58 da yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in natijasida omborda 30 kv.m. maydonida jihozlar yongan. Yong‘indan binoning 5000 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing