Toshkentda ikkita xorijiy OTM talabalari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
3-sahifa
−
13 mart 2021 40053 1 daqiqa
Bugun, 13 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro Vestminster universiteti va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabar tarqaldi.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport zalida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining sport musobaqasi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Bundan maqsad yoshlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini o‘rnatish bo‘lgan.
Musobaqa vaqtida o‘yinchilar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Keyin mojaroga tomoshabin bo‘lib turgan talabalar ham qo‘shilgan. Shundan so‘ng, dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan.
Hodisada hech kim jarohatlanmagan.
Live
Barchasi