Futbol uchrashuvida katta janjal: Hakam 17 ta qizil kartochka ko‘rsatdi (video)
Sport
−
28 noyabr 2025 9813 1 daqiqa
Joriy yilning 26 noyabr kuni Boliviya kubogining chorak finalida “Real Oruro” va “Bluming” o‘rtasidagi uchrashuv katta janjal bilan yakunlandi. “Bluming” klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘llanma oldi. Biroq hakamning so‘nggi qaroridan so‘ng maydonda kattagina tartibsizlik yuzaga keldi va natijada ushbu uchrashuv 17 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yin sifatida tarixga kirdi.
Voqealar hakamning yakuniy hushtagidan so‘ng boshlanib, futbolchilar, murabbiylar va xodimlar o‘rtasida mushtlashuvga olib keldi. “Real Oruro” futbolchilari chorak finalga chiqa olmagani uchun norozilik bildirgan. “Real Oruro”ning o‘yinchisi Sebastyan Zeballos raqib futbolchilar bilan mushtlashib, ularni tepishni boshlagan, jamoadoshi Xulio Vila esa unga qo‘shilgan. Shu paytda “Real Oruro” ustozi Marselo Reboledo “Bluming” murabbiyiga hujum qilgan.
Mushtlashuv davomida zarbalar va ochiq jarohatlar yuzaga kelgan. Politsiya voqeaga aralashib, vaziyatni tinchlantirish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Boliviya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Boliviyadagi Sport intizom sudi zudlik bilan tergov boshlagan. “Bluming” murabbiylar shtabining bir a’zosi raqib futbolchining zarbasidan yonoq suyagini sindirib olgani aytilmoqda.
Live
Barchasi