Armaniston parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video)

Olam

−

image

Bugun, 6 oktyabr kuni Armaniston parlamenti yig‘ilishi “Fuqarolik shartnomasi” deputati Taron Chaxoyan tomonidan Butun armanlar katolikosi Garegin II sha’niga aytilgan ayblovlardan so‘ng navbatdagi marotaba to‘xtatildi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukmron “Fuqarolik shartnomasi” va muxolifatdagi “Kuchli Armaniston” deputatlari parlamentda mushtlashgan. Sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng e’lon qilingan tanaffusdan qaytgan Milliy majlis vitse-spikeri Ruben Rubinyan vaziyatga izoh berib, bu mushtlashuv emas, shunchaki tartibsizlik bo‘lganini aytgan.

“Odamlar kun tartibidan chetlashganda, bu yig‘ilishni izdan chiqaradigan turli oqibatlarga olib keladi. Masalan, Respublikachilar partiyasining sobiq a’zosi bizni talonchilar deb ataydi, “Fuqarolik shartnomasi”dan kimdir esa bunga javoban: “o‘zing talonchisan, Kuchli Armanistonning iflos a’zosisan” deydi”, deydi u. 

“Kuchli Armaniston” fraksiyasi rahbari Narek Karapetyan parlament spikeridan e’tiroz bildirish uchun so‘z so‘ragan, biroq Rubinyan unga ohista emas, qo‘pol tarzda rad javobini berib, o‘z chiqishi vaqtida gapirishini aytgan. So‘ngra Rubinyan shaxsan deputat Edgar Kazaryanga to‘xtalib, u har safar yig‘ilishlarning me’yoriy borishini buzayotganini ta’kidlagan.

“Agar bu holat davom etsa, men shunchaki uni zaldan chiqarib yuboraman. Avvaliga bir kunga, keyin esa reglament yo‘l qo‘yadigan darajada. Qolaversa, ehtimol, uni zaldan chiqarib yuborish o‘rniga, o‘zimni bosib olmasligim va uni joyiga o‘tkazib qo‘yish uchun uloqtirib yuborishimiz mumkindir. Umuman olganda, o‘z sub’ektingizga qarab turing”, deydi Milliy majlis spikeri “Kuchli Armaniston” fraksiyasi rahbari Narek Karapetyanga qarata.

Zaldagi vaziyat “Fuqarolik shartnomasi” deputati Taron Chaxoyanning chiqishidan so‘ng yana keskinlashgan. U Butun armanlar katolikosi Garegin II ni Ktrich Nersisyan deb atagan va uni muxolifatga xizmat qilishda ayblagan. E’tiroz belgisi sifatida “Kuchli Armaniston” deputatlari stollarni ura boshlagan.

Shundan so‘ng, hukumatparast va muxolifatchi deputatlar yana bir-birlariga baqirib, haqorat qila boshlagan, mushtlashuv avjiga chiqqan. Milliy majlis vitse-spikeri Ruben Rubinyan ikkinchi marta rejadan tashqari tanaffus e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning iyul oyida Armaniston Milliy majlisining navbatdan tashqari yig‘ilishida hukmron va muxolifat partiya a’zolari o‘rtasidagi og‘zaki bahs mushtlashuvga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing