Toshkentda ZAGS xodimida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari so‘nggi kunlarda sezilarli darajada oshdi va boshqa hududlarga qaraganda ham yuqori bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 26 iyun sanasida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, kecha,27 iyun kuni esa 255 nafar bemordan 54 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 39 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinganlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

•    “O‘zbektelekom” kasaba uyushmasi xodimi J.X.da;

•    Yunusobod tumanida yashovchi N.Ya.da (Shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan);

•    Yunusuobod tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (Yunusobod dehqon bozoridan bir necha bor xarid qilgan);

•    Olmazor tumanida yashovchi B.I.da (tana harorati ko‘tarilib, namuna topshirgan);

•    Shayxontohur tumanida yashovchi B.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan);

•    Uchtepa tumanida yashovchi N.A.da;

•    “O‘rikzor” savdo majmuasining oziq-ovqat do‘koni sotuvchi F.X.da;

•    Shayxontohur tumanidagi Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchisi F.R.da;

•    Yunusobod tuman FXDYO bo‘limi mas’ul xodimi S.S.da;

•    1-son Respublika klinik shifoxonasida davolanayotgan bemor O.A.da;

•    “Ipoteka” bank Shayxontohur filiali kassiri M.X.da;

•    “Asaka bank” bosh ofisi xodimi A.D.da;

•    Sergeli tumanidagi “Inter injenering” qurilish kompaniyasi xodimi T.K.da ham kasallik aniqlangan.

“Vaziyat tobora jiddiylashayotganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligi bois poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing