Toshkentda ikki ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 158 nafarga oshib, 39 506 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    84 nafari Toshkent viloyatida;

•    45 nafari Toshkent shahrida;

•    12 nafari Samarqand viloyatida;

•    10 nafari Buxoro viloyatida;

•    4 nafari Jizzax viloyatida;

•    3 nafari Qashqadaryo viloyatida, tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda O‘zbekistonda 35 551 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing