Toshkentda IIV binosi yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 10 iyun kuni soat 08:10 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Afrosiyob va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasi oldida joylashgan yerosti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi. Bu haqda shahar FVB ma’lum qildi.

Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borgan. Yong‘in soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.

“Toshkent metropoliteni” DUK esa yuzaga kelgan ushbu yong‘inning metropoliten tizimiga bog‘liqlik holati mavjud emasligini, shu bilan birgalikda, “Kosmonavtlar” bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlayotganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing