Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus YTHga uchradi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Bektemir tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l yoqasidagi “stolba”ga borib urildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 7 sentyabr kuni soat 17:20 atrofida Bektemir tumani, Suvsoz dahasidan Quyuv Mexanika zavodi qarshisida 34-35 kilometr tezlikda harakatlanib ketayotgan haydovchi G.I. boshqaruvidagi Yutong rusumli elektrobus YTHga uchragan. Bunga ikki yo‘nalishli harakat oqimida transport vositalarining 3 ta qator bo‘lib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Mazkur YTH oqibatida elektrobusdagi yo‘lovchilarning 5 nafari hamda haydovchi G.I. tan jarohati olgan. Ular shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi va Toshkent shahar 4-sonli klinik shifoxonasiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 35 yoshli fuqaro avtobus urib ketishi oqibatida vafot etgan edi. 1988 yilda tug‘ilgan A. D. Yutong rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made