Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urildi (video)
Jamiyat
−
14 avgust 2023
13669Toshkent shahri Yangihayot tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 14 avgust kuni soat 15:10 larda I.B. boshqaruvidagi “12-Avtobus saroyi” filialiga qarashli Saz Le-60 rusumli, 184-sonli “Toshloq mahalla - Sergeli-4 mavzesi” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus Yangihayot tumani, Toshkent xalqaro avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan tirkamali yuk mashinasining xalaqit berishi oqibatida haydovchi avtobusni avval o‘ng tarafdagi simyog‘ochga, so‘ng yo‘lni ajratuvchi betonli to‘siqqa borib urgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus salonidagi yo‘lovchilar jarohatlanmagan, haydovchi esa o‘ng oyoq tizza sohasi jarohati bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markaziga yuborilgan. Saz Le-60 rusumli avtobus texnik shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida avtobus urib ketgan fuqaro vafot etgan edi. 1988 yilda tug‘ilgan A. D. Yutong rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
LiveBarchasi