Toshkentda “Gazel” piyodani urib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Gazel” mashinasi piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi shu kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi I.Q. (1978 yilda tug‘ilgan) “Gazel” avtomashinasida harakatlanayotib tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda F.X. (1989 yilda tug‘ilgan) tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Toshkentda MAN rusumli avtobus va Nexia-3 rusumli yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing