Toshkentda fuqaroning yonidan qariyb 5 mlrd so‘mlik “qora dori” topildi
3-sahifa
−
30 may
7366Toshkent viloyatida “qora dori” oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Bildirilishicha, “Qora dori 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida Toshkent viloyati IIBB va Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda ko‘p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlangan.
33 yoshli fuqaro M.I. tekshiruvdan o‘tkazilganda uning yonida bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) ichiga joylashtirilgan 12 ta o‘ramdagi 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, giyohvandlik vositasining qora bozordagi taxminiy narxi 4 mlrd 800 million so‘mga teng.
Shuningdek, uning yashash xonadoni ham tekshirilgan. U yerda sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi ma’lum bo‘lgan.
Surishtiruvga ko‘ra, unga ushbu sintetik giyohvandlik vositalari Qirg‘iziston Respublikasidan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilgan. Hozirda ushbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondan O‘zbekistonga giyohvand moddalar olib o‘tayotgan “Yovvoyi” laqabli shaxs qo‘lga olingandi.