O‘zbekistonliklar ko‘proq uy-joy sotib olyapti
Jamiyat
−
17 avgust 2023
8310O‘zbekistonda odamlar tobora ko‘proq uy-joy sotib olmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi statistikasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni deyarli 25 mingtani tashkil etgan – bu bir oy oldingi miqdorga nisbatan 5,5 foizga, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan esa 22,7foizga ko‘p.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta o‘sish 19,5foiz miqdor bilan Andijonda qayd etilgan. Undan keyin esa Sirdaryo (16,8 foiz) va 3-o‘rinni Jizzax (16,5 foiz) viloyatlari egallagan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, iyul oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sishi davom etdi. Xususan, 2023 yil boshidan buyon ularning o‘rtacha narxi 13 foizga oshgan. Eng katta o‘sish (4,5 foiz) fevral oyida kuzatildi. Ushbu oyda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan narxlar 23,3 foizga oshgan.
LiveBarchasi