Farg‘onada uyida “marixuana” saqlagan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida uyida “marixuana” saqlagan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Bildirilishicha, Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z mahallasida o‘sgan yovvoyi nasha o‘simligini yulib olib, yashash xonadoniga keltirgan. Ularni quritib, turli idishlarga joylagan va noqonuniy ravishda saqlab kelgan.

Qo‘shtepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroning yotoqxonasidagi javon ichida, og‘ilxonaning shifti va yashik ichida o‘tkir hidli quritilgan giyohvand moddalar saqlanayotgani aniqlangan.

Sud kimyoviy ekspertizasiga ko‘ra, fuqaro uyidan topilgan giyohvand moddasi 4678 grammli “marixuana” turkumiga kiruvchi “qora dori” ekani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uni majburiy tartibda giyohvandlik kasalligini davolash hamda uyidan topilgan giyohvand moddalarni yo‘q qilish belgilandi.    

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan dala hovlida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona marixuana nasha qora dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing