Toshkentda fuqaroga to‘pponcha bilan tahdid qilindi
3-sahifa
−
22 iyun
9911Toshkent shahrida fuqaro tanishiga to‘pponcha bilan tahdid qilib, unga jarohat yetkazdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Keltirilishicha, holat joriy yilning 20 iyun tungi soat 00:30 da poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. Unda 1998 yilda tug‘ilgan Sh.B., 2001 yilda tug‘ilgan A.K., 1991 yilda tug‘ilgan O‘.Z. va 2002 yilda tug‘ilgan F.A. o‘zining tanishi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. bilan o‘zaro janjallashib ketgan va J.R.ni qo‘l bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to‘qimalari lat yeyishi jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Biroq, holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o‘zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. protsessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to‘pponcha ko‘rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
“Tergov davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada Tiso o‘rindig‘i ostidan to‘pponcha chiqqani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi