Toshkentda fohishalarni reklama qilib kelgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi guruhni internetda reklama qiluvchi shaxs qo‘lga olindi. U qizlarni instagram, telegram,tik tok va bir qator ommalashgan saytlar orqali reklama qilib, buning evaziga 500 AQSH dollargacha haq olgan. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Toshkent viloyati prokuraturasi, IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan 18 noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida o‘zini Roma deb tanishtiruvchi ushbu shaxs 1988 yilda tug‘ilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi guruhning faol a’zosi ekani aniqlangan.

Shuningdek, surishtiruv davomida u moddiy (har bir e’lon uchun 50 dan 500 AQSH dollarigacha) daromad evaziga, jinsiy xizmat ko‘rsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati e’lonlarini, bir qator yoshlar orasida ommalashgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlangan va uning yashash xonadoni tintuvdan o‘tkazilgan.

Tintuv davomida:

29 014 AQSH dollari;
4 880 000 so‘m pul;
10 dona plastik kartochkalar;
2 dona chegirma plastik kartochkalari;
4 dona xorijiy davlatlarning ishlatilmagan va 2 dona ishlatilgan SIM-kartalar;
2 dona elektron xotira (flesh karta);
3 dona “Redmi” rusumli telefon apparati;
1 dona “HP” noutbuk va boshqa noqonuniy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentda olti yildan buyon fohishalik bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh a’zolari qo‘lga olingani hamda tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik jinoyat

Baholaganlar

639

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing