Namanganda 2 qizni Antaliyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
17:55 773 1 daqiqa
Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yashovchi 1990 va 1993 yillarda tug‘ilgan ayollar 2 nafar qizni Turkiyaning Antaliya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborishni rejalashtirgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayollar qizlarning ishonchiga kirib, ularni Antaliyaga yuborish hamda u yerda topadigan daromadlarining yarmini o‘zlashtirishni reja qilgan. Shu maqsadda ular qizlarni “Toshkent – Antaliya” yo‘nalishi bo‘yicha xorijga jo‘natish uchun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Chust tumani hududida to‘xtatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 1990 yilda tug‘ilgan ayol muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan. Biroq u o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 2 nafar ayol xorijda yuqori maoshli ish va’dasi bilan 2 qizni aldab, Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketishga uringani fosh etilgandi.
Live
Barchasi