Toshkentda FIFA'ning Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi ochiladi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev FIFA va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Toshkent shahrida FIFA’ning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini ochish to‘g‘risidagi taklifini tasdiqladi. Bu haqda bugun, 15 dekabr kuni qabul qilingan "2027 yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, mintaqaviy ofisni tashkil etish va saqlash xarajatlari birinchi navbatda FIFA tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, yetmagan qismi esa O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, biroq umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmagan miqdorda qoplanadi. Shuningdek, ushbu mintaqaviy ofis O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining binosida joylashtiriladi va mintaqaviy ofis binosini ta’mirlash, zarur mebel, jihoz, texnika va transport vositalari bilan ta’minlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi PQ–355-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Bunda minimal saqlash talablari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev FIFA mintaqaviy ofis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing