Toshkentda elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘rnatildi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
7280“O‘zbekneftgaz”ga qarashli “UNG Petro” MCHJ tasarrufidagi Toshkent shahrida joylashgan 2 ta AYOQSHda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari ishga tushirildi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur stansiyalar Chilonzor tumanidagi Baynalminal hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Chunobod ko‘chalarida joylashgan AYOQSHlarga shaharsozlik norma qoidalariga muvofiq o‘rnatilgan.
Hozirda ushbu AYOQSHlardagi modul stansiyalari haydovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Avvalroq, Prezident qarorida rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganib, 2021 yilning yanvarida poytaxtda MEK 61851-1-Mode 4 standarti bo‘yicha ikkita tezkor zaryadlash tizimlari o‘rnatilishi rejalashtirilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi