Elektromobillarda alohida raqam belgilari bo‘ladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi joriy yil 12 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. 

Notarius tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish davomida murojaat qiluvchi taraflar tomonidan avtomototransport vositasi agregatlar raqamlarining ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi. Mazkur ma’lumot shartnomada aks ettiriladi.

Notarius tomonidan avtotransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan bog‘liq ma’lumotlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining elektron ma’lumotlar bazasiga "yagona darcha" tamoyili asosida avtomatik ravishda yuboriladi.

Elektrdvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan avtomototransport vositalari uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib beriladi.

Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan quyidagilarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

•    Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
•    Avtomototransport vositalari va ularning tirkamalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining tiplariga;
•    Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
•    Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga;
•    Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti va boshqalar.


Maqola muallifi

Teglar

Elektromobil

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing